Yaxshiboevning Venesuela darvozasiga kiritgan to‘pi uning MTJdagi debyut goli bo‘ldi!

Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi halqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Amerika vakili Venesuela bilan durangga imzo chekdi.

Vakillarimizning yagona golini 79-daqiqada penaltidan Jasur Yaxshiboev kiritdi. Qizig‘i, bu Yaxshiboevning milliy terma jamoa safidagi ilk goli edi.

Bungacha Jasur 5 ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Ammo futbolchi hali gol urishga muvaffaq bo‘lmagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ботир
29/03/2023 07:10
Галабалар бардавом булсин.