Asosiy mazmunga oʻtish

Yaxshiyam Shomurodov bor ekan!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 9

Hozir undan zo‘ri yo‘q!

A Seriya yakunlanishi arafasida “Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodovning o‘yini ochilib ketgani uning yurtimiz va xorijdagi muxlislarini xushnud etmoqda. O‘zbek hujumchisi Italiyaning bugungi kundagi eng kuchli klublaridan biri – “Atalanta” darvozasiga bir juft gol urgani genuyalik muxlislarga yoqib tushdi.

Yil o‘rtasiga kelib, Eldorning o‘yinida o‘sish kuzatilayotgan o‘zbekistonlik ishqibozlarni boshqa tomondan umidvor qilmoqda. Yaqinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogining qo‘shma saralash turniri doirasida muhim uchrashuvlarni o‘tkazadi. Bu bahslar oldidan bosh jamoamizning asosiy hujumchisi va to‘purari Eldor Shomurodovning imkoniyatlari kengayib borayotgani hal qiluvchi o‘yinlarda qo‘l kelishiga ishonch uyg‘otmoqda.

IMG_9575

Eldor o‘zi uchun debyut mavsumda ettita gol urdi. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich. Ayniqsa, Italiya futbolida har qanday jamoaning himoyasi mustahkamligini inobatga olsak, uning gollari qiymati yanada ko‘tariladi.

“Jenoa” – “Atalanta” bellashuvidan keyin genuyalik muxlislar ijtimoiy tarmoqlar orqali Eldor Shomurodov o‘yiniga yuqori baho berdi. E’tiboringizga ushbu munosabatlarni havola qilamiz.

Davide Donadio:

Shomurodov ajoyib! U o‘tkir hujumchi o‘rnida qanday zo‘r o‘ynadi! Eldor hozirgi paytda eng zo‘r hujumchimiz.

Mischael Mucelli:

O‘zbek legioneri haqiqiy jangchi ekan! U har bir to‘p uchun kurashadi. Raqib maydonida to‘pni olib qo‘yib, gol ham urishga erishdi. Agar har bir futbolchimiz Eldorday o‘ynaganida Skudettoni qo‘lga kiritgan bo‘lardik.

Lorenzo De Bellis:

Eldor oxirgi beshta o‘yinda to‘rtta gol urdi. Menimcha, uning iste’dodiga shubha qilganlar etarli javobini oldi.

Stefano Martinelli:

O‘zbekka gap yo‘q! Ikkita zarba – ikkita gol. Bizda bunaqa hujumchilar anchadan beri yo‘q edi.

186402498_4571030329574518_4095748300717632062_n

Gianni Cesari:

Menimcha, Davide Ballardini Shomurodovni zaxirada olib qolib, katta xato qilyapti. Bunaqa o‘yinchi ilk daqiqalardan maydonda javlon urishi kerak.

Lorenzo dell'Uva:

Yaxshiyam Shomurodov bor ekan! Mattia Destro mavsum o‘rtasida ko‘p gol urgandi. Hozir Shomurodovdan zo‘ri yo‘q!

Simone Boffelli:

Rossiya chempionatining joriy mavsumda Eldor sakkizta o‘yinda gol ura olmagandi. Lekin ancha kuchli bo‘lgan A Seriyada o‘zini ko‘rsata oldi va ettita zarbasi darvoza to‘ridan joy oldi. U kuchli chempionatdagi natijalaari bilan bizni hayratga solyapti.

Cristian Cortinovis:

Eldor zaxiradan tushib gol urishda usta bo‘lib ketdi.

Davide Ventaglio:

Eldor o‘yindan o‘yinga ochilib bormoqda. Bu menga yoqyapti.

Giulia Lavinia:

Hujum chizig‘i yaxshi o‘ynadi. Men ko‘p tanqid qiladigan Shomurodov ham yoqa boshladi.

186423675_4571030269574524_7861892459994039709_n

Alessio Conti:

Eldorning o‘yini ma’qul keldi.

Emilio Morgavi:

Uch hujumchi Pandev, Skamakka va Shomurodov bilan o‘ynash kerak!

Transfermarkt o‘zbekistonlik to‘purarning Angliya klubiga o‘tish imkonini baholadi!

A Seriya skautlari Shomurodovni maqtayapti!

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q