
"Yilning eng yaxshi murabbiyi" sovrini uchun kimlarning nomzodi qo‘yildi?
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi yilning eng yaxshilarini taqdirlash maqsadida "UZ Football Awards" marosimini o‘tkazmoqda.
"Yilning eng yaxshi murabbiyi" sovrini uchun quyidagi nomzodlar kurash olib boradi.
• Ro‘ziqul Berdiev "Nasaf";
• Ulug‘bek Baqoev "So‘g‘diyona";
• Timur Kapadze O‘zbekiston U23 terma jamoasi va "Olimpik".
G‘oliblar 25 dekabr kuni taqdirlanadi.
Fikrlar