Yon Arne Riise: Bu futbolchi kelsa, "Siti"ni engib bo‘lmaydi!
“Liverpul” klubining norvegiyalik sobiq futbolchisi Yon-Arne Riise mersisaydliklar “Borussiya”dagi hamyurti Erling Xolandni sotib olishlari kerak deb hisoblaydi.
“Albatta, men uni "Liverpul"da bo‘lishini xohlardim, chunki u ajoyib o‘yinchi. U ajoyib formada va menimcha, u Kloppning o‘yin uslubiga mos keladi. O‘ylaymanki, unga "Liverpul" klub sifatida yoqadi.
Agar uni "Siti" sotib olsa bormi?! Biz engilmas jamoa haqida gapiryapmiz. Ular bu holatda bunga juda yaqin kelishadi.
Kim keyingi mavsumda Xolandni sotib olsa, u uzoq yillar davomida nihoyatda kuchli jamoa bo‘ladi.
Bilmadim, "Liverpul"da uni sotib olish imkoniyati bormi, lekin agar shunday bo‘lsa, iltimos, undan foydalanishga ruxsat bering. Chunki bu klub uchun yoki u bilan shartnoma imzolaydigan har qanday klub uchun ajoyib bo‘ladi!”, - dedi Riise.
Fikrlar