Yosh futbolchi halok bo‘ldi

  • 31.12.2025 08:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Irlandiya­lik iqtidorli futbolchi Kallum Makvey Belfast shahri yaqinida yuz bergan ayanchli  avtohalokat oqbatida 23 yoshida halok bo‘ldi.

Shimoliy Irlandiya futbol federatsiyasi rasmiy bayonot bilan chiqib, futbolchining yaqinlariga ta’ziya bildirdi.

- Federatsiyamiz prezidenti Konrad Kirkvud, bir necha kun oldin 23 yoshida vafot etgan Kallum Makvey­ning o‘limi munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi.

Kallum 2019 yilda “Stil end Sons” kubogini qo‘lga kiritgan “Linfild Svifts” jamoasi a’zosi bo‘lgan, shuningdek, u “Portadaun”, “Ards”, “Nokbreda” va “Killili” klublarida ham to‘p surgan.

Bu og‘ir damlarda fikru hayolimiz Kallumning oila a’zolari va do‘stlari bilan birga, - deyiladi rasmiy bayonotda.

Qiziği shundaki, Kallum futboldan tashqari orkestrda ham ishlagan. Bundan tashqari yosh bo‘lishiga qaramay, yo‘l harakati boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya direktori sifatida ham faoliyat yuritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!