
Yovich MYuga o‘tadimi? Zidan javob berdi
Manbaning axborot berishicha, "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Valyadolid"ga qarshi bahsdan so‘ng, jurnalistlarning bu boradagi savollariga javob qaytargan:
"Men 5 oktyabrgacha transfer bozorida har qanday vaziyat sodir bo‘lishi mumkinligini inkor etmayman. Men murabbiyman, tarkibni shaxsan o‘zim tanlayman. Lukani ushbu uchrashuvda maydonga tushirdim va hozirda u "Real" futbolchisi. Qolganini vaqt ko‘rsatadi, oldindan nimadir deyishim qiyin".
Mankunianlar serbiyalik forvarddan tashqari, Edinson Kavani bilan shartnoma imzolashi ham mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar