Yovich uchun kurashga "Manchester Siti" ham qo‘shildi

  • 22.04.2019 13:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frankfurtning "Ayntraxt" klubi forvardi Luka Yovich "Manchester Siti" ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 21 yoshli serbiyalik futbolchi “shaharliklar”ning mavsumlar oralig‘idagi asosiy transfer nishoniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Yovich uchun kurashda “Real” Madrid klubi favorit ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Yovich joriy mavsum Bundesligada jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!