Yozda "Chelsi" safiga kelib qo‘shilgan futbolchi Italiyaga yo‘l olishi mumkin

  • 21.02.2026 16:50
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Yozda "Chelsi" safiga kelib qo‘shilgan Alehandro Garnacho faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida " Topskills Sports UK" nashri xabar bermoqda. 

Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, London klubi 21 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasida sotishni ko‘zlamoqda. Ayni vaqtda Garnachoning xizmatlariga "Milan" va "Inter" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Vingerning o‘zi "neradzurrilar" safiga qo‘shilishga qarshi emas. 

Argentinalik futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 45 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan shartnomasi 2032 yilning yozigacha mo‘ljallangan. 

Eslatib o‘tamiz, Alehandro joriy mavsum "aristokratlar" safida 29 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi. Futbolchi shu bellashuvlarda 6 ta gol kiritdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!