Yozef Blatter: Putinning taklifiga ko‘ra JCh-2018ga albatta boraman

CHERY AUTO

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter kelgusi yil Rossiya yashil maydonlari mezbonlik qiladigan mundialga borishga hozirlanayotganini tasdiqladi. Aytish kerakki, sobiq amaldorni jahon chempionati bahslarini kuzatib borishga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning shaxsan o‘zi taklif qilgan.

Tecno

“Putin meni va Platinini 2016 yildayoq jahon chempionatiga taklif qilgan. Keyinroq yana qayta taklif qildi. Ko‘pchilik jurnalistlar buni haqiqat ekanligiga ishonishmaydi. Lekin, men albatta jahon chempionatiga boraman.

Platini bilan uchrashish? Agar u kelsa albatta. Platini takliflarni yoqtirmas edi. Ko‘ramiz, yana bir necha oylardan so‘ng nimalar bo‘lar ekan. Lekin, men har qanday holatda ham ushbu jahon chempionatida ishtirok etishdan xursand bo‘lardim”, - deydi Platini.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning dekabrida Blatter va UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini 8 yilga futboldan chetlatilishgan edi.

2016 yilning fevralida esa sobiq rahbarlarning diskvalifikatsiya muddati 6 yilga qadar kamaytirilgan edi. Unga ko‘ra ular futbol musobaqalariga oddiy shaxs kabi chipta sotib olib kirishlari shart.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!