Yunon -rum kurashchilarimiz tarixiy natijani qayd etmoqda

Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan sport kurshlari bo‘yicha jahon chempionatining yunon-rum kurashi bo‘yicha hozirga qadar bitta kumush hamda bitta bronza medalini qo‘lga kiritib ulgurganmiz. Kechki dasturlarda yana ikkita bronza uchun vakillarimiz gilamga chiqishadi. Quvonarlisi, Tokio Olimpiadasiga uchta yo‘llanmani qo‘lga kiritdik. Albatta, bunday yutuqlar zamirida “kadr orti” qahramonlarining ham mexnati ulkan bo‘ladi. Ushbu jahon chempionati mobaynida ham shunday insonlar sifatida e’tirof etiluvchi, murabbiylar va mutasaddilarning jonkuyarligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.  Jumladan, terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Ro‘ziqulov, katta murabbiy Rustam Qudratov, Asliddin Xudoyberdiev, Zaza Silagadze, Hayrullo Abdullaev, Isroil Siddiqov, bosh kotib Shuhrat Mamadalievlarlarning sayi-harakatlari tahsinga sazovor. Chunki, hali yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz jahon chempionatlari doirasida Olimpiadaga uch yo‘llanmani qo‘lga kiritmagan edi. Qolaversa, kechki dasturda ikki nafar vakilimizning bronza medali uchun imkoniyati mavjud ekanligini inobatga olgan holda, aytishimiz mumkinki, medallar soni bo‘yicha ham vakillarimiz eng yaxshi natijani qayd etish arafasida turibdi. Demak, yunon-rum kurashchilarimiz yangi tarix yaratmoqda desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan, bu muvaffaqiyatlar zamirida yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, murabbiylarning o‘rni juda muhim sanaladi. Shu nuqtai nazardan, biroz bo‘lsada, jahon chempionati taassurotlaridan bahramand bo‘lish maqsadida O‘zbekiston sport kurashlari Assotsiatsiyasi bosh kotibi Shuhrat Mamadalievning fikrlari bilan qiziqdik.

- Barchasi ajoyib, davom etmoqda. Jahon chempionati juda yuqori saviyada tashkil etilgan. Yunon-rum kurashchilarimizning ham natijalari yomon emas. Xabaringiz bor, uchta Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Medallar soni bo‘yicha ham eng yaxshi natijani qayd etish arafasidamiz. Bu borada murabbiylarning mexnatini ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ularning taktik qo‘llanmalari o‘z samarasini bermoqda deb o‘ylayman. Qolaversa, bu safar yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan sportchilarimizni oldinda bir qator muhim turnirlar kutib turibdi. Aynan o‘sha musobaqalarda ular Tokioga yo‘l olish imkoniyatini qo‘lga kirita oladi degan umiddamiz.

photo_2019-09-17_11-03-12

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ismoil Xoliqboyev
17/09/2019 14:42
UZBEGIM UG'LONLARIGA OMAT TILAGAN HOLDA RASIADAN $ISMOIL$