Yuragi kasal Eriksen yana APLga qaytishi kutilmoqda

  • 16 yanvar, 2022, 15:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" va "Tottenxem" klublarining sobiq yarim himoyachisi Kristian Eriksen yana Angliya premer-ligasiga qaytishga yaqin turibdi.

The Times xabariga ko‘ra, Evro-2020 doirasida Finlyandiyaga qarshi o‘yin (0:1) vaqtida yurak xurujiga uchragan daniyalik yarim himoyachi APLning bir nechta klublaridan taklif olgan va bugun ulardan biri bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Eriksenda faoliyatini Evropa qit’asida davom ettirish uchun boshqa variantlar ham bor, biroq u Angliyaga qaytmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi Evropa chempionatidagi voqeadan so‘ng uning yuragiga kardioverter-defibrilator o‘rnatilgan. Italiyada esa ushbu uskuna o‘rnatilgan futbolchilar o‘ynashi mumkin emas. Shu sababli Kristian 2021 yilning dekabr oyida "Inter" bilan shartnomani bekor qilgan.

Eriksen hozirda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!