Yurgen Klinsman Janubiy Koreya terma jamoasini APL grandiga almashadimi?

  • 18 aprel, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha hafta oldin “Tottenxem” Antonio Konteni bosh murabbiylikdan iste’foga chiqargan edi. Kristian Stellini esa jamoa bilan vaqtinchalik ishlamoqda, chunki yozda "shporlar" yangi doimiy bosh murabbiy olib kelishmoqchi.

Tecno

Goal nashrining Kicker nashriga tayanib xabar berishicha, germaniyalik mutaxassis Yurgen Klinsmann “Tottenxem”ning nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan. 58 yoshli mutaxassis fevral oyi oxirida Janubiy Koreya terma jamoasi boshqaruvini qo‘lga oldi va bu jamoa bilan ikkita o‘yin o‘tkazdi.

Qayd etish joiz, o‘z vaqtida Klinsmann futbolchi sifatida “Tottenxem” safida to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda "Tottenxem" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!