Yurtdoshlarimiz BAAda maxsus Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishmoqda

CHERY AUTO

ayni kunlarda BAAning Abu-Dabi shahrida aqliy rivojlanishi sust bo‘lgan insonlar o‘rtasida Butunjahon maxsus yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. MOQning ma’lum qilishicha, mazkur turnirda O‘zbekiston delegatsiya ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Kechagi bellashuvlar bo‘yicha terma jamoamizning quyidagi sportchilari shohsupaga ko‘tarilishdi:

Tecno

Dmitriy Nesterenko (suzish) – 1ta oltin
Dmitriy Korshunov (engil atletika) – 1ta oltin
Mariya Loginova (badminton) – 1ta kumush
Valeriy Novichkov (engil atletika) 1ta bronza.

Ta’kidlash joiz, vakillarimiz ayni paytgacha 9 ta oltin, 6 ta kumush va 12 ta bronza medallarini jamg‘arishgan. Musobaqa 21 martga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!