Yutqazayotgan turklar iroda ko‘rsatdi

  • 07.06.2026 09:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

6 iyundan 7 iyunga oʻtar kechasi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Turkiya va Venesuela terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Bahs AQSHning Fort-Loderdeyl shahridagi “Cheyz Stedium” arenasida oʻtkazildi va turklarning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida venesuelaliklar hujumchisi Gleyker Mendosa hisobni ochdi. Unga Telasko Segoviya golli uzatma berdi.

44-daqiqada turkiyaliklar Barish Alper Yilmazning goli orqali hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi boʻlimda esa bahsdagi yagona va hal qiluvchi golni Yunus Akgʻyun kiritdi. U raqib darvozasini Arda Gyulerning golli uzatmasidan keyin ishgʻol qildi.

Turkiya terma jamoasi AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan 2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok etadi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha boʻlib oʻtadi.

Turkiya “D” guruhida Avstraliya, Paragvay va AQSH terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Venesuela esa jahon chempionati saralash bosqichidan oʻta olmagan va mundialda ishtirok etmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!