“Yuve” Ronalduga raqobatchi olib keladi

  • 4 dekabr, 2020, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati “Chelsi”dan ketish payida yurgan Olive Jiruni jamoaga olib kelish harakatiga tushib qoldi.

Tecno

Bu futbolchi muhim gollarni urishi bilan mashhur. Frantsiyalik forvard Chempionlar ligasining navbatdagi turida “Sevilya” darvozasiga to‘rtta gol urganidan keyin uning xaridorlari yanada ko‘payib ketdi.

O‘zi ishtirok etayotgan o‘yinlarda gol urayotganiga qaramay, Jiru London klubida etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. U Frantsiya terma jamoasi tarkibida Evropa Chempionatida ishtirok etish uchun muntazam maydonga tushishi kerak.

Shu bois, tajribali hujumchi “Chelsi”dan tezroq ketmoqchi. Turin klubi uni yozda erkin agent sifatida qabul qilishga tayyor.  Biroq, “Yuventus” mutasaddilari futbolchi bilan yanvar oyidayoq shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olishni rejalashtirmoqda.

Andrea Pirlo Jiruni asosiy hujumchilar – Krishtianu Ronaldu va Alvaro Morataga raqobatchi sifatida ko‘ryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!