"Yuve" shikoyat qilgan futbolchisini jamoada olib qolmoqchi

  • 19 oktabr, 2020, 16:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" o‘z hujumchisi Paulo Dibalani jamoada saqlab qolishdan umid qilmoqda.

Tecno

Tuttosport nashrining xabariga ko‘ra, Turin klubi argentinalik forvard bilan bitimni uzaytirishni maqsad qilmoqda.

"Yuventus" rahbariyati Dibala bilan 2022 yilning yozigacha amal qiluvchi shartnomani yanvar oyigacha uzaytirib olmasa, keyin muammolarga uchrashi mumkin, deb hisoblamoqda.

Hujumchi yangi bitim borasida qanday qaror qabul qilishi ma’lum emas. Avvalroq, Dibala o‘yinlarda maydonga tushirilmayotganidan shikoyat qilgani haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!