
"Yuve" yangi xomiylik shartnomasi imzoladi
Turinng "Yuventus" klubi Germaniyaning Allianz kompaniyasi bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Asosiy faoliyat turi sug‘urta va aktivlarni boshqarish bo‘lgan ushbu nemis kompaniyasi oldinroq, "Yuventus"ning stadioni nomiga egalik xuquqini xarid qilgan edi. Endi kompaniyaning nomi klub libosidan ham joy oladi.
Ta’kidlanishicha, tomonlar o‘rtasidagi ushbu kelishuv 2030-yil 30-iyungacha mal qiladi. Ushbu vaqt mobaynida klub 103,1 million evro daromad qiladi.
Fikrlar