"Yuventus" "Barsa" futbolchisini xarid qilmoqchi

  • 1 oktabr, 2022, 10:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" qishki transfer oynasi vaqtida "Barselona" himoyachisi Xordi Albani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar bermoqda Ispaniya matbuoti.

"Byankonerilar" mavsumdagi dastlabki etti o‘yinda faqat ikkita g‘alaba qo‘lga kiritdi. Shu bois, turinliklar rahbariyati qishda ba’zi bir futbolchilarni sotib olib, bo‘shliqlarni to‘ldirishga harakat qiladi. Hozirgi chap qanot himoyachilari orasida Aleks Sandro, Danilo va Mattia De Shilo kabi futbolchilar bor, biroq ushbu ularning hech biri ishonchni oqlamayapti.

"Sport" nashri xabariga ko‘ra, "Yuventus" ushbu mavsum "Barsa"da kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan 33 yoshli Albani sotib olmoqchi. Manbada yozilishicha, "Barselona" shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydigan Xordini sotishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!