“Yuventus” “Barsa” yulduzini o‘ziga og‘dirib olmoqchi

  • 9 sentabr, 2021, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati “Barselona” bilan shartnomasi oxirlab borayotgan Usmon Dembele atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

Tecno

Kataloniyaliklar anchadan beri frantsiyalik hujumkor futbolchini yangi bitimga ko‘ndira olmayapti. Turinliklar bu vaziyatdan unumli foydalanib, Dembeleni yozda erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

“Yuventus” mutasaddilari ayni paytda “Barselona” yanvarga qadar futbolchini yangi shartnomaga ko‘ndira olmasligiga umid qilyapti. Shundan so‘ng ular, Usmonga “Barselona”nikidan yaxshiroq shartnoma berishni rejalashtiryapti.

Shunga qaramay, “Yuventus” amaldagi qoidalarni buzmaslik uchun muzokaralarni yanvargacha kutadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!