
"Yuventus" darvozaboni yangi mavsumni yana ijarada o‘tkazadi
“Yuventus” darvozaboni Mattia Perin bu mavsumni ham “Jenoa”da boshlaydi.
ItaSportPress nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar ijara muddatini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endi 27 yoshli posbon 2 sentyabr kuni genuyaliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Perin o‘tgan mavsum “Jenoa” safida A Seriyada 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 35 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar