
"Yuventus" De Ligt uchun "Ayaks"ga 80 mln evro to‘laydi
"Ayaks" klubi himoyachisi Matteys De Ligt tez orada "Yuventus" a’zosiga aylanadi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 19 yoshli gollandiyalik futbolchi allaqachon turinliklar bilan kelishuvga erishgan. “Yuventus” De Ligt uchun amsterdamliklarga bonuslar bilan birga 80 mln evro to‘laydi. Uning o‘zi esa yiliga 7,5 mln evro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, De Ligtga shuningdek “Manchester Yunayted” va PSJ klublari ham jiddiy qiziqish bildirishgan edi.
Fikrlar