
"Yuventus" derbida minimal hisobda g‘alaba qozondi
Italiya A Seriyasining 10-turidan o‘rin olgan "Torino" va "Yuventus" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda "keksa senoralar" minimal hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol 74-daqiqada Dushan Vlaxovich tomonidan kiritildi.
Ushbu g‘alabadan keyin Allegri shogirdlari ochkolari sonini 16 taga etkazib, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar