"Yuventus" futbolchisi og‘riq bilan maydonga tushmoqda
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoa himoyachisi Ueston Makkenni og‘riq bilan bo‘lsada maydonga tushishga majbur bo‘layotganini aytdi.
“Makkenni ham yaxshi holatda emas, uning sonida muammo bor. Ammo u bizda hozircha ko‘p o‘yinchilar yo‘qligi sababli tishini-tishiga qo‘yib o‘ynayapti”, - dedi italiyalik mutaxassis.
Ueston Makkenni joriy mavsum “Yuventus” safida jami 28 ta o‘yinda ishtirok etdi va 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar