
"Yuventus" futbolchisini jamoada saqlab qolmoqchi emas
Turinning "Yuventus" klubi o‘z futbolchisi Konseysauni yozda jamoani saqlab qolmoqchi emasligini bildirdi.
Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Igor Tudor boshchiligidagi jamoa "Portu"ga tegishli bo‘lgan Franchesku Konseysauni to‘liq sotib olish niyatida emas. 22 yoshli futbolchi bu mavsumni Turin jamoasida ijara asosida o‘tkazayotgan edi, ammo kelishuvda belgilangan sotib olish huquqiga qaramay, "Yuventus" bu imkoniyatdan foydalanmaslikka qaror qildi.
Hujumchi yozda Portugaliyaga qaytishi kutilmoqda. Uning transfer bahosi 36 million evro deb baholangan. Joriy mavsumda Konseysau 35 uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. U asosan o‘ng qanot hujumchisi sifatida maydonga tushadi.
Fikrlar