"Yuventus" futbolchisining Madrid klubiga transferi barbod bo‘lishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubi futbolchi Nikolas Gonsalyezni "Yuventus"dan sotib olmasligi mumkin. Bu haqida jurnalist Matteo Morretto ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, "matraschilar" hozirda o‘z safida ijara asosida harakat qilib kelayotgan Nikoni Turin klubidan mavsum oxirida 32 million yevroga sotib olmasligi mumkin. Argentinalik futbolchining Madrid klubidagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, yozda tomonlar Gonsalyezning narxini qayta ko‘rib chiqish uchun muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Ma'lumot uchun, 27 yoshli futbolchi madridliklar safida 2025 yilning kuzidan beri ijara asosida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida vinger 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.
Fikrlar