"Yuventus" Ikardini sotib olish fikridan qaytmayapti

  • 10.03.2019 11:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi yozda "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini sotib olishga urunib ko‘rmoqchi.

Sport Mediaset muxbiri Mauritsio Pistochchining yozishicha "keksa sinora" sport direktori Fabio Paratichi hamda klub vitse-prezidenti Pavel Nedved ayni damda 26 yoshli argentinalik futbolchi bilan bog‘lanishgan va uni Turinga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirish ishlarini olib borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Ikardi va “neradzurrilar” o‘rtasida jiddiy muammolar kelib chiqqan. Milanliklar xatto undan sardorlik bog‘ichini ham olish qo‘yishgan. “Yuve” esa aynan mana shundan foydalanib uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavus “Inter” safida jami 28ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning narxi 90 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!