"Yuventus" "Liverpul" bilan o‘zaro futbolchi almashtirmoqchi

  • 01.07.2022 08:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi "Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, Italiya klubi futbolchi uchun ma’lum miqdorda pul to‘lashga, shuningdek, qo‘shimchasiga frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Raboni berishga tayyor.

30 yoshli Firmino o‘tgan mavsum "Liverpul" safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. 27 yoshli Rabo esa “Yuventus” safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!