"Yuventus" "Manchester Yunayted"ga kerak bo‘lmagan ikki futbolchini olib ketmoqchi

  • 17.07.2025 13:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. "Sky Sport Italia" nashrining xabariga ko‘ra, turinliklar "Manchester Yunayted" vingeri Markus Reshfordning transferi borasida ilk qadamni qo‘yishgan.

Avvalroq turinliklar Jeydon Sanchoni 15 million evro evaziga xarid qilish niyatida ekani va uning agenti bilan ijobiy muzokaralar o‘tkazgani ma’lum bo‘lgandi.

Jadon Sancho and Marcus Rashford of Manchester United arrive ahead a first team training session at UCLA Campus on August 02, 2024 in Los Angeles,...

Endi esa klub Reshford bo‘yicha ham "qizil iblislar"ga dastlabki so‘rov yubordi. Angliyalik futbolchining narxi yuqori baholanmoqda, ammo "Yuventus" bu transferni amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!