"Yuventus" Mourinoni tiz cho‘ktirmoqchi

  • 17 oktabr, 2021, 13:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

17 oktyabr kuni A Seriyaning 8-turi markaziy uchrashuvida “Yuventus” o‘z maydonida “Roma”ni qabul qiladi. Turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bo‘lajak bahs oldidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tecno

- Uchrashuvni kimlar asosiy tarkibda boshlashini bilmayman. Eng avvalo, Lotin Amerikasidan kelgan futbolchilarning ahvoliga qaraymiz. “Roma” musobaqa jadvalida bizdan oldinda. Shuning uchun biz ochko olishimiz shart. Men Mourinoni hurmat qilaman, u faoliyati davomida ko‘pgina yutuqlarga erishgan, lekin maydonda do‘stlik rol o‘ynamaydi. “Yuventus” yutmasa bo‘lmaydi, - dedi Massimiliano Allegri.

Allegri va Mourino boshqargan jamoalar o‘zaro 8 marta to‘qnash kelgan. Bellashuvlardan to‘rttasida portugaliyalik mutaxassis shogirdlari zafar quchgan, ikkita bahsda durang qayd etilgan va ikki bor omad italiyalik murabbiy tomonidan bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
16/10/2021 21:32
Юве ғалабасини кийинги турларга олиб қўйса яҳши буларди. Ромага ва Элдорга омад ва ғалаба тилаймиз.