“Yuventus” o‘ziga kerak bo‘lmagan futbolchini “Barsa”ga joylamoqchi
“Yuventus” xo‘jayinlari frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Rabodan tezroq qutilmoqchi. Shu maqsadda, turinliklar “Barselona” va “Everton”ga shu futbolchini sotib olish yoki rokirovka qilish taklifini bildirdi.
Raboning turinliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi. Klub maoshlarni tejash uchun bir necha futbolchilar qatori Adrienni ham transferga qo‘ygan.
26 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda 41 ta o‘yinda uchta gol urib, ikkita golli pas oshirdi va sakkiz marta sariq kartochka oldi.



Fikrlar