"Yuventus" "Real" va PSJ ko‘zlayotgan futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi
"Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga qaraganda 17 yoshli futbolchiga "Yuventus" jiddiy qiziqib qolgan. Ammo turinliklarni Kamavinga uchun kurashda "Real" va PSJga qarshi jiddiy raqobat kutmoqda.
Eduardo Kamavinga “Renn” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu kungacha asosiy jamoada 49 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 37,5 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar