“Yuventus” “Real” yulduziga xaridor

  • 22.12.2020 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” rahbariyati “Real”da jarohatlar iskanjasida qolgan Eden Azarni transfer qilish istagini bildirmoqda.

Angliya premer-ligasidagi o‘yinchilari tufayli dunyoning exng kuchli o‘yinchisi bo‘lishi kutilgan belgiyalik futbolchi ispan futboliga moslasha olmayapti. U juda ko‘p jarohat olmoqda va o‘z iste’dodini namoyon eta olmayapti.

Turinliklar 29 yoshli futbolchini jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Paulo Dibala o‘rniga olmoqchi. Argentinalik hujumchi klub bilan yangi shartnoma imzolash uchun maosh masalasida kelisha olmayapti. Klub u so‘rayotgan darajadagi pul berishga tayyor emas.

“Yuventus” qishda Paulo Dibalani sotib yuborish uchun  “Barselona” va “Manchester Yunayted” bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu masala hal bo‘lishi bilan ular “Qirollik klubi”ga Azar transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!