"Yuventus" Ronaldu gol urgan bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

  • 28.02.2021 02:58
  • Abdullajon .
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasi 24-turidan o‘rin olgan "Verona" - "Yuventus" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. O‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi.

Dastlab, 49-daqiqada "Yuve" Ronalduning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, 77-daqiqada "Verona" a’zosi Kabak o‘zining chiroyli goli bilan hisobdagi muvozanatni tikladi. Shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.

Shu tariqa, g‘alabani qo‘ldan chiqarib, 1 ochkoga ega bo‘lgan turinliklar o‘z ochkolari sonini 46 taga etkazib oldi, "Verona" esa 35 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi. Ma’lumot uchun, Turin klubi veronaliklarni 1-davrada ham mag‘lub eta olishmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!