
"Yuventus" Ronalduga zo‘r sherik topib qo‘ydi
"Atalanta" forvardi Duvan Sapata "Yuventus"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, turinliklar kolumbiyalik futbolchini kuzatib bormoqda va bu transfer uchun 30 million evro va darvozabon Mattia Perinni berishga tayyor.
Agar mavsum yakunida bergamoliklar darvozaboni Perluidji Gollina klubni tark etadigan bo‘lsa, unda klub ushbu kelishuvga rozi bo‘lishi mumkin.
Joriy mavsumda Sapata "Atalanta" safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol kiritdi.
Fikrlar