“Yuventus” shu hafta “Roma” futbolchisini sotib olganini e’lon qilmoqchi

  • 5 iyul, 2022, 14:31
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” shu hafta oxirigacha yangi transferini e’lon qilishi mumkin. “Keksa sinora” “Roma”ning iqtidorli futbolchisi Nikolo Zanoloni sotib olishga yaqin turibdi.

Tecno

Rim klubi yarim himoyachini sotishga qarshi va u bilan shartnoma uzaytirishni istagan edi. Biroq Zanolo “bo‘rilar” rahbariyatiga ketmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

“Football Italia” nashri xabariga ko‘ra, Nikoloning transferi bo‘yicha muzokaralarda yakuniy bosqichda. Avvalroq “Roma” futbolchisi uchun 50 million evro talab qilgan edi, ammo futbolchining ketish istagi sabab bu miqdorni biroz kamaytirishga majbur bo‘ldi.  

Eslatib o‘tamiz, Nikolo Zanolo o‘tgan mavsumda Konferentsiyalar ligasi finali doirasidagi "Feyenoord"ga qarshi bahsda "Roma"ning g‘alaba keltirgan goliga mualliflik qilgan va shu tariqa o‘z jamoasiga 2008 yildan beri ilk sovrinni qo‘lga kiritishga yordam bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!