"Yuventus" Ueston Makkenni bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi

  • 25.02.2026 03:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" va Ueston Makkenni shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

Yangi bitim 2030 yilga qadar amal qiladi. "La Gazzetta dello Sport" xabariga ko‘ra, tomonlar shartnomani kelasi hafta boshida — "Roma"ga qarshi o‘yindan so‘ng imzolaydi.

Qayd etilishicha, amerikalik yarim himoyachining yillik maoshi taxminan 4 million evroni tashkil qiladi. Shuningdek, uning oyligi har mavsum sayin biroz oshirib boriladi.

Makkenni 2020 yildan buyon "Yuventus" safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda A Seriya doirasida u 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!