“Yuventus”ga “Barsa”ning yangi yulduzi kerak

  • 28 oktabr, 2020, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati “Barselona” safida porlayotgan Ansu Fatini o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi.

Tecno

Turinliklar 17 yoshli futbolchini kelasi yozda transfer qilmoqchi. “Barselona” jamoaning kelajagi sifatida e’tirof etilayotgan o‘yirnchini qo‘yib yubormoqchi emas. Buning uchun klub rahbariyat Fatini yangi shartnomaga ko‘ndirishi kerak. Chunki amaldagi bitim 2022 yilning yozida yakunlanishini inobatga olsak, Fati kelasi yozda osongina boshqa jamoaga o‘tib ketish imkoniga ega.

O‘tgan mavsumda asosiy tarkibga qo‘shilgan Fati ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. U yosh bo‘lishiga qaramay, jamoaning asosiy to‘purariga aylanib oldi. Joriy mavsumda La Ligada beshta uchrashuvda to‘rtta gol urdi. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasidagi gollari hisobini ham ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!