"Yuventus"ning asosiy futbolchisi "Barselona"ga o‘tishi mumkin

  • 22.01.2022 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus"ning braziliyalik himoyachisi Aleks Sandro jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Fichajes nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Barselona" allaqachon 30 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha Turin klubi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Aleks Sandro joriy mavsum A Seriyada 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va  1 ta golga assistentlik qildi. Uning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!