"Yuventus"ning "Napoli"ga qarshi o‘yin qaydnomasi e’lon qilindi

  • 4 oktabr, 2020, 17:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" murabbiylar shtabi bugun A Seriyaning 3-turidan o‘rin olgan "Napoli"ga qarshi bahs uchun qaydnomani e’lon qildi.

Tecno

Bundan avvalroq, “Napoli” futbolchilarining ayrimlarida koronavirus aniqlangani sabab, uchrashuv bekor qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. “Yuventus” – “Napoli” o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Darvozabonlar: Voytsex Shensni, Karlo Pinsolo, Janluidji Buffon.

Himoyachilar: Mattia De Shilo, Jorjo Kellini, Danilo, Xuan Kuadrado, Leonardo Bonuchchi, Merix Demiral, Janluka Frabotta.

Yarim himoyachilar: Artur, Aaron Remzi, Ueston Makkenni, Rodrigo Bentankur, Manolo Portanova, Xans Nikolussi-Kavilya, Deyan Kulushevski.

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Alvaro Morata, Paulo Dibala, Duglas Kosta, Jakomo Vrioni.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!