"Zenit" futbolchisini "Milan"da kutishyapti

  • 05.08.2020 23:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Zenit” klubi yarim himoyachisi Vilmar Barrios joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

PrimerTiempo nashrining yozishicha, 26 yoshli yarim himoyachiga “Milan”dan qiziqishlar mavjud. “Rossonerilar” rahbariyati tez orada bu borada piterliklarga rasmiy taklif yuborishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, ular Barriosni ancha vaqtdan buyon, aniqrog‘i u “Boka Xuniors”da o‘ynab yurgan paytlaridanoq kuzatishadi.

Ma’lumot uchun, Barrios o‘tgan mavsum “Zenit” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning piterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!