"Zenit" mavsumni yirik g‘alaba bilan yakunladi. Dzyubadan poker (video)

  • 16 may, 2021, 20:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasining 30-turida “Zenit” safarda “Tambov”ga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

“Mordoviya Arena”da kechgan bellashuv gollarga boy bo‘ldi. Yakunda 1:5 hisobida piterliklarning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Zenit” safada Artyom Dzyuba (11', 55', 72', 74') poker qayd etgan bo‘lsa, ular hisobiga yozilgan yana bir golni raqib futbolchisi Farxod Vasiev (90' avtogol) o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. “Tambov”ning yagona javob goliga Kirill Klimov (45') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!