"Zenit" o‘z tarixida 7-marta Rossiya chempionligini qo‘lga kiritdi

  • 02.05.2021 22:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Hozirgina Rossiya premer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan “Zenit” hamda “Lokomotiv” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.

Sankt-Peterburgdagi o‘yin gollar shousiga aylanib ketdi. Shu kuni darvozalarga naqd 7 ta gol kiritildi. Yakunda esa mezbonlar 6:1 hisobida zafar quchishdi.

“Zenit”ga g‘alaba keltirgan gollarga Artyom Dzyuba (19', 51'), Sardor Azmun (39', 45', 46') va Malkom (67') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Loko”ning yagona javob golini Fransua Kamano (56') kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Zenit” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 61 taga etkazib oldi. Piterliklar mavsum yakunlanishiga 2 ta tur qolganida 2-o‘rindagi “Lokomotiv”dan naqd 9 ochkoga ilgarilab ketdi. Shu tariqa “Zenit” o‘z tarixida 7-marta Rossiya chempioni bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!