Zidan 2018 yilning eng yaxshi klub murabbiyi deb topildi
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) “Real” Madrid klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanni yakuniga etib borayotgan 2018 yilning eng yaxshi klub murabbiyi deb topildi.
Ta’kidlash kerakki, 46 yoshli frantsiyalik mutaxassis bu borada 296 ochko to‘pladi. Aynan uning boshqaruvidagi “Real” EChLda qatorasiga 3 marta g‘olib chiqdi.
Undan keyingi pog‘onani esa 109 ochko bilan “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp egalladi. Kuchli uchlikni esa "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola (105) yakunlab berdi.
Bu borada kuchli o‘nlik esa quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Zinedin Zidan (eks-"Real") - 296
2. Yurgen Klopp ("Liverpul") - 109
3. Xosep Gvardiola ("Manchester Siti") - 105
4. Diego Simeone ("Atletiko") - 48
5. Massimiliano Allegri ("Yuventus") - 33
6. Ernesto Valverde ("Barselona") - 20
7. Yupp Xaynkes (eks-"Bavariya") - 11
8. Moin Chaabani ("El-Tunis") - 5
8. Eusebio di Franchesko ("Roma") - 5
8. Marselo Galyardo ("River Pleyt") - 5.

Fikrlar