Zidan "Atletiko"ga qarshi o‘yindan keyin hakamlik haqida gapirdi

  • 8 mart, 2021, 05:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 26-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda "Atletiko" va "Real" o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oldi. Qizg‘in kurashlar ostida kechgan bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Tecno

O‘yindan keyin "Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidan quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: "Men har doimgidek, hakamlarning ishiga xalal bermoqchi emasman. Bilamizki, bu qiyin ish, hakamning qarorini hurmat qilish kerak. Barcha javobgarlik hakamlarning bo‘ynida. Futbolchilar qo‘l o‘yini bo‘lganini aytishdi, hakam bunday emasligini ta’kidladi. Nima deyishimdan qat’i nazar, hech narsa o‘zgarmaydi.

Bizning maqsadimiz - ishlashda davom etish. Oldinda hali ko‘plab uchrashuvlar borligini bilamiz va oxirigacha kurashish niyatidamiz. Biz bugungidan ham yaxshiroq o‘yin namoyish etishga qodirmiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!