Zidan: Beyl "Real"dan ketishga juda yaqin

  • 21 iyul, 2019, 13:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan nega jamoa vingeri Garet Beyl Xalqaro chempionlar kubogi turniridan o‘rin olgan "Bavariya"ga (1:3) qarshi bo‘lgan uchrashuvda ishtirok etmaganini izohladi.

“U jamoadan ketishga judayam yaqin, shuning uchun u bugun o‘ynamadi. Biz Beylning “Real”dan ketishiga umid qilyapmiz. Shunday bo‘lsa hammaga yaxshi bo‘ladi. Uning boshqa jamoaga transfer qilinishi borasida ishlayapmiz”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 30 yoshli uelslik futbolchiga “Tottenxem”, “Inter” va “Bavariya” klublaridan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bundan tashqari nomi sir tutilayotgan Xitoy klubi uni dunyoning eng maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishga tayyor ekanligi haqida ham xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Beylning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Uning transferi esa 60 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!