Zidan bir futbolchining o‘yiniga lol qoldi

  • 20 dekabr, 2020, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Brayton” yarim himoyachisi Iv Bissumaga xaridor bo‘lmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, frantsiyalik mutaxassis 24 yoshli futbolchining o‘yinidan hayratga tushgan. Qolaversa, hali yulduz darajasiga etmagan yarim himoyachining transfer summasi ham madridliklarni to‘liq qoniqtiradi. “Brayton” bu o‘yinchisini 13 million evroga qo‘yib  yuborishga tayyor.

Bissuma “Brayton” safida 2018 yildan beri o‘ynamoqda.  Malilik yarim himoyachi joriy mavsumda 12 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini bir marotaba ishg‘ol qildi.

Ivga “Qirollik klubi”dan tashqari “Monako”,  “Liverpul”, “Manchester Yunayted” kabi jamoalar ham jiddiy qiziqish bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!