
Zidan bugun "Real" bosh murabbiyi sifatida 100-uchrashuvini o‘tkazdi
Avval xabar berganimizdek "Real" bugun La Liganing 8-turi doirasida safarda "Xetafe" mehmoni bo‘ldi.
E’tiborlisi bugun mehmonlar ustozi Zinedin Zidan "qirollik klubi" bosh murabbiyligidagi o‘zining 100-uchrashuvini o‘tkazdi. "Real" frantsiyalik mutaxassis qo‘l ostida ushbu o‘yinlarning 74tasida g‘alaba qozongan, 17tasida durang qayd etgan va qolgan 8tasida mag‘lubiyatga uchragan.
Qayd etish lozimki, ikki yildan kamroq muddat ichida Zidan "Real" bilan birga jami 7ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Aniqrog‘i, 2 marta Chempionlar ligasida, UEFA Superkubogida, Ispaniya superkubogida, Ispaniya chempionati va klublar o‘rtasida jahon chempionatida zafar quchdi.
Fikrlar