
Zidan "el-klasiko" oldidan Messi, Ramos va Azar haqida gapirdi
Mavsumning ikkinchi "el-klasiko"siga ham oz qoldi. Ertaga bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan matbuot anjumanida ishtirok etdi:
"Azar ertaga o‘ynay oladimi? Ko‘ramiz, hammasi uning o‘zini qanday his qilishiga bog‘liq".
"Ramos allaqachon o‘zining so‘nggi klasikosini o‘ynadimi? Umid qilamanki, yo‘q".
"Mbappe ajoyib futbolchi, ammo u mening jamoamda emas. Shuning uchun, men boshqa hech narsa deya olmayman".
"Vinisius juda yaxshi futbolchi va u qattiq ishlaydi. Vini yosh va hozir unga bosim qilmaslik kerak".
"Militao - bu kelajak o‘yinchisi. Men uni har kuni o‘sib borayotganini ko‘raman. Eder biz bilan bo‘lganidan xursandmiz".
"Messi "Barselona"da qoladi, deb umid qilaman, bu La Liga uchun yaxshi".
"Ertaga biz maydonda borimizni beramiz, biz juda ijobiy fikrlaymiz va ajoyib o‘yin namoyish qilmoqchimiz".
"Ertangi bahs chempionni aniqlamaydi, oldinda hali ko‘plab o‘yinlar bor. Biz g‘alaba qozonishni istaymiz - bu biz o‘ylaydigan yagona narsa".
Fikrlar