Zidan "el-klasiko"da jamoaning asosiy futbolchisi ishtirok etishi masalasiga oydinlik kiritdi
"Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan himoyachi Serxio Ramos La Liga 7-turi doirasida "Barselona"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkinligi borasida gapirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
- U jarohatidan tiklandi. Ramos biz bilan bo‘ladi va jamoaga 100% tayyor futbolchilar kerak. Serxio - ulardan biri, - dedi Zinedin Zidan.
"Barselona" - "Real" o‘rtasidagi "el-klasiko" 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.



Fikrlar