Zidan: Hujumda Dembele o‘rniga boshqasi o‘ynaydi

  • 28.09.2026 10:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar ligasida Belgiyaга qarshi uchrashuv oldidan hujum chizigʻida yangi usulni sinab koʻrdi.

«Uch ranglilar» ustozi Usmon Dembele oʻrniga hujumchi sifatida Dezire Dueni maydonga tushirishni rejalashtirayotgani haqida L'Equipe nashri xabar berdi. 

Zidan bu variantni jamoaning bellashuv oldidan oʻtkazilgan soʻnggi mashgʻulotida amalda koʻrib chiqdi.

Frantsiya uchun safarda oʻtadigan Belgiyaга qarshi oʻyin bugun Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi. 

Zinedin Zidan boshchiligidagi debut uchrashuvida Frantsiya terma jamoasi Turkiyaга qarshi bahsda kichik hisobda gʻalaba qozongan edi. Oʻsha oʻyinda yegona golni Kilian Mbappe urgan, ammo u jarohati sabab jamoa qarorgohini muddatidan oldin tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!